14:57 / 30.05.2015
2371

Smartfonlar sotilishi 20 foizga oshdi

2015 yilning birinchi choragida jahonda smartfonlar sotilishi 20 foizga ko‘tarilgan. Bu haqda Gartner agentligi tahlilchilari o‘z tadqiqotlarida ma'lum qildilar.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, 2015 yilning birinchi choragida jami 336 mln smartfon sotib olingan. Ilgari bu ko‘rsatkich 282 mln ga teng edi. iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan mamlakatlarda o‘sish hajmi 40 foizni tashkil qilgan.
Eng yuqori natijalar Apple kompaniyasi mahsulotlari tomonidan qayd qilindi. Xitoyda iPhone lokalizatsiyasi 72.5 foizga o‘sdi, xaridlar hajmi bo‘yicha u mahalliy gigant Xiaomi’dan o‘zib ketdi.
Jahon bo‘yicha birinchi o‘rinda Samsung turibdi (81.123 mln dona). Undan keyingi o‘rinda Apple (60.177 mln), boshqa kompaniyalarning natijalari sezilarli darajada past.

Top