15:27 / 31.05.2015
8352

2017 yili O‘zbekiston Orol dengizida uglevodorodlar qazib olishni boshlaydi

2017 yili O‘zbekiston Orol akvatoriyasining o‘ziga qarashli qismida uglevodorod manbalari razvedkasini boshlaydi. Bu prezident qarori bilan tasdiqlangan 2015-2019 yillarda struktur o‘zgarishlar, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida ko‘zda tutilgan.
Loyihaning taxminiy qiymati 300 mln dollarga baholanmoqda. U 2017-2031 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Loyiha “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Rossiyaning LUKOyl va Xitoyning CNPC kompaniyalaridan iborat xalqaro konsorsium tomonidan amalga oshiriladi.
Ma'lumot uchun, 2011 yili ochilgan G‘arbiy Orol konidagi tabiiy gaz zaxiralari 11 mlrd kubometrga teng deb baholangan. Aniqlangan yana 6 kondan 4tasi burg‘ulashga tayyorlangan.

Top