12:10 / 31.05.2015
3867

Afg‘onistonda bir kunda Tolibonning 30dan ortiq jangarisi yo‘q qilindi

Afg‘oniston harbiylari tomonidan bir kunda Tolibon harakatining 33 jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi bayonotiga tayangan holda Khaama Press agentligi xabar bermoqda.
Bundan tashqari, olib borilgan harbiy amaliyot davomida yana 42 jangari yaralangan, 5 nafari qo‘lga olingan. Shuningdek, 5ta portlovchi uskuna zararsizlantirilgan. O‘z navbatida, Afg‘oniston armiyasining 2 askari jangarilar tomonidan o‘ldirilgan.
Ma'lum qilinishicha, harbiy harakatlar Saripul, Qandahor, Uruzgon, Hilmand, Qunduz, Log‘ar, Kapisa va Paktiya viloyatlarida o‘tkazilgan.

Top