10:11 / 31.05.2015
7399

Angliya 2018 yilgi Jahon chempionatiga boykot e'lon qilishi mumkin

Angliya Futbol uyushmasi rahbari Greg Dayk FIFA prezidentligiga Yozef Blatterning qayta saylanishi munosabati bilan Angliya milliy terma jamoasi 2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga boykot e'lon qilishga tayyorligini ma'lum qildi.
“Yevropa va Lotin Amerika mamlakatlarining katta qismi Blatterga qarshi ovoz berdi. Amalda ushbu ikki mintaqa jahon chempionatida asosiy rol o‘ynaydi. Angliya yolg‘iz holda boykot uyushtirsa, FIFA bunga ko‘z yumib qo‘ya qoladi. Ammo, agarda UYeFA jahon chempionatida qatnashishdan bosh tortsa, biz ularga qo‘shilamiz”, – uning so‘zlarini keltiradi The Guardian nashri.

Top