12:15 / 31.05.2015
5918

Avstriyalik futbolchi o‘yin chog‘ida yurak xurujidan o‘ldi

Avstraliyaning Northern Saints jamoasi futbolchisi Muhammadali Jamil Allush o‘yin chog‘ida yurak xurujiga uchrab, vafot etdi. The Herald Sun nashrining yozishicha, voqea 30 may kuni Melburn stadionlaridan birida Avondale Heights jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv chog‘ida sodir bo‘lgan.
Birinchi taymda gol urgan Allush to‘satdan o‘t ustiga yiqilgan. 21 yoshli futbolchiga yordam ko‘rsatish uchun murabbiylar va tibbiyot xodimlari oshiqqan. U og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan va o‘sha yerda vafot etgan. Uning yurak xurujiga uchragani aniqlandi.
Futbolchining qarindoshlari bergan ma'lumotlarga qaraganda, Allush oxirgi paytlarda ortiqcha vazn to‘plaganidan bezovta bo‘lib, parhezga kirgan va trenajyer zaliga qatnay boshlagan edi.

Top