11:01 / 31.05.2015
2404

Toshkentda bo‘lib o‘tgan AIBA turniri uchrashuvlarida Hurshid Tojiboyev g‘alaba qozonib, final bosqichiga yo‘l oldi

“O‘zbekiston” sport kompleksida 30 may kuni 60 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi AIBA Pro Boxing turniri birinchi bosqichi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqa O‘zbekiston boks Federatsiyasi tomonidan madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va Xalqaro havaskor boks uyushmasi (AIBA) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Musobaqa O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazildi.
Musobaqa doirasida to‘rtta jang o‘tkazildi. Ikkita jang g‘oliblari turnir finaliga yo‘l oldi, finalda, o‘z navbatida, Rio-de-Janeyroda 2016 yili bo‘lib o‘tadigan Olimpiada yo‘llanmasi uchun bahs olib boriladi.
O‘zbekiston vakili Hurdish Tojiboyev irlandiyalik bokschi Devid Joysga qarshi chiqdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra Tojiboyev 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bundan tashqari, rossiyalik Dmitriy Polyanskiy Braziliya vakili Robson Konseykao ustidan g‘alaba qozondi. Shu tariqa, Tojiboyev va Polyanskiylar musobaqaning final bosqichiga yo‘l olishdi.
Yana ikkita jang reyting ballari to‘plash uchun 5-8-o‘rinlarni egallab turgan bokschilar o‘rtasida o‘tkazildi. Filippinlik Charli Suarez rossiyalik Muhammadrashid Jabroilovni nokautga uchratdi, germaniyalik Artur Bril esa italiyalik raqibi Domenik Valentinga imkoniyatni boy berdi.

Top