10:42 / 01.06.2015
1985

92 yoshli amerikalik ayol marafon masofasini yugurib o‘tgan eng keksa ayol bo‘ldi

Amerikalik 92 yoshli Xarriyet Tompson marafon masofasini bosib o‘tgan eng keksa ayolga aylandi, deb xabar beradi Associated Press.
Shimoliy Karolinaning Sharlotta shahrida istiqomat qiluvchi Xarriyet saraton xastaligiga chalingan. Undan xalos bo‘lgach, sport bilan shug‘ullana boshlagan. San-Diyegoda o‘tkazilgan marafonda u 7 soat 24 daqiqa 36 sekund natijani ko‘rsatdi. U paytda ayol 92 yosh 65 kunlik edi.
Ayol San-Diyego marafonida 16-marta ishtirok etishi, ammo, uning aytishicha, bu yil eng og‘ir sinov bo‘lgan, negaki yanvar oyida uning turmush o‘rtog‘i vafot etgan.
Ilgarigi rekord Gledis Berrillga tegishli edi, u 2010 yili Gonoluluda marafon masofasini 92 yosh 19 kunligida bosib o‘tgan edi.

Top