18:10 / 01.06.2015
3231

Moskva metrosida geroin olib ketayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

27 may kuni Moskva metrosida geroin olib ketayotgan erkak qo‘lga olindi. Yo‘lovchining yonida 3 gr geroin borligi aniqlandi.

Aytilishicha, u yo‘lovchilardan biri bilan janjallashib qolgan. Huquq-tartibot xodimlari uni mayda bezorilik uchun metro hududidan chiqarib yubormoqchi bo‘lishgan, ammo tintuv chog‘ida uning yonidan geroin chiqqan.
Aniqlanishicha, geroin olib ketayotgan 32 yoshli erkak O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top