15:18 / 01.06.2015
2908

O‘zbekiston davlat byudjyetining bo‘sh mablag‘lari tijorat banklarining depozitlarini to‘ldiradi

O‘zbekistonning tijorat banklari depozitlari respublika byudjyetining vaqtinchalik moliyaviy operatsiyalarga jalb qilinmagan mablag‘lari hisobidan to‘ldiriladi. Bu haqdagi nizom hukumat tomonidan 22 maydagi qarorga muvofiq tasdiqlandi.

Depozitor bankka qo‘yiladigan asosiy talab uning ustav kapitalida davlat ulushining 25 foizdan kam bo‘lmasligidir. Shu holatdagina u depozitlari davlat hisobidan to‘ldiriladi.
Banklar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi. Davlat ulushi kattaroq bo‘lgan bank bilan bir xil shartlarda eng katta daromad ulushini taklif qilgan bank tanlovda g‘olib bo‘ladi. Banklar olgan daromad har oy davlat byudjyetiga jo‘natiladi.

Top