12:24 / 01.06.2015
2462

Rossiya futbol ittifoqi rahbari iste'foga chiqdi

Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Nikolay Tolstix lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Chempionat.com portali xabar bermoqda.
Bugun Moskvada ittifoq konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ilgariroq delegatlar Tolstixni lavozimidan bo‘shatishni ko‘rib chiqishni yoqlab ovoz berishgan edi.
Mansabdor ishdan bo‘shashi uchun 50 foiz delegatlar unga qarshi ovoz berishi kerak edi. Ta'kidlanishicha, Tolstix o‘z lavozimini saqlab qolishi uchun 10ta ovoz yetmay qolgan. Uning iste'foga chiqishi uchun 235 ovoz berildi.
Uning vazifasini vaqtinchalik prezidenti o‘rinbosari Nikita Simonyan bajarib turadi.
Nikolay Tolstix Rossiya futbol ittifoqi prezidentligiga 2012 yil sentabrida saylangan edi.

Top