Jahon | 10:11 / 01.06.2015
6519
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston Interpol liniyasi orqali IShID safiga qo‘shilgan OMONning mash'um qo‘mondonini qidiruvga berdi

IShIDning Suriyadagi qo‘shinlari safiga qo‘shilib olgan Tojikiston OMONining sobiq qo‘mondoni Gulmurod Xalimov Interpol liniyasi orqali qidiruvga berildi. Bu haqda Interpol saytida ma'lum qilindi.
“Tojikiston huquq-tartibot muassasalari tomonidan ayblov e'lon qilish/sud taqibini amalga oshirish uchun terrorchilik guruhi a'zosiga qidiruv e'lon qilindi”, deyilmoqda xabarda.
Avvalroq bedarak yo‘qolgani aytilgan Xalimov IShIDning Suriyadagi qo‘shinlari orasida ekanligi ma'lum bo‘lgandi.
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi sobiq polkovnigi o‘zining videomurojaatida bunday qaror qabul qilishiga uning Tojikiston IIVda o‘rnatilgan tartiblardan, Rossiya-Tojikiston va Rossiya-AQSh munosabatlaridan qoniqmasligi sabab bo‘lganini aytgan.