15:35 / 01.06.2015
1938

Turkmaniston delegatsiyasi O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasiga tashrif buyurdi

Turkmaniston neftgaz va tabiiy resurslar sanoati vaziri o‘rinbosari Murotgeldi Meredov boshchiligidagi guruh O‘zbekiston Respublikasi tovar xomashyo birjasiga tashrif uyushtirdi.

Birjaning matbuot xizmati orqali xabar berilishicha, turkmanistonlik mehmonlar birja faoliyati bilan tanishib, o‘zaro aloqalarning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishgan.

Eslatib o‘tish joizki, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov 2013 yilda O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Turkmaniston hamda O‘zbekiston Respublikasi tovar xomashyo birjalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida bitim imzolangandi.

Top