18:04 / 01.06.2015
2179

Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida guruh bosqichining 1-turi yakunlandi

1 iyun kuni Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha jahon chempionatida "E" va "F" guruhlarida birinchi tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Bungacha, 30 may kuni "A" va "V" guruhlarida, 31 may kuni esa "C" va "D" guruhlarida birinchi tur uchrashuvlari o‘tkazilgandi.

Bugungi bahslarda "E" guruhidan joy olgan jamoalarning o‘zaro o‘yinlarida Nigeriya terma jamoasi braziliyaliklarga 2:4 hisobida, KXDR esa Vengriya U-20 termasiga 1:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

"F" guruhida esa O‘zbekiston U-20 va Gonduras U-20 termalari o‘rtasidagi o‘yin 3:4 hisobi bilan yakunlangan bo‘lsa, germaniyaliklar Fiji U-20 bilan bahsda turnirning hozircha eng yirik hisobini qayd etishdi - 8:1.

Birinchi tur o‘yinlaridan so‘ng, Bentse Mervo (Vengriya) va Xani Muxtar (Germaniya) 3tadan gol bilan to‘pururlar ro‘yxatida yetakchilik qilishmoqda.

Top