Buxoroning G‘ijduvon tumanida qo‘y o‘g‘risi qo‘lga olindi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, fuqaro Nuriddin tuman IIBga murojaat qilib, qo‘rasidan to‘rt bosh qo‘y yo‘qolganini aytgan. Murojaat asosida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida o‘g‘ri topilgan.
Aniqlanishicha, bu ishni qo‘shni qishloqda istiqomat qiluvchi Farhod ismli yigit sodir etgan ekan.