06:51 / 02.06.2015
1811

Intel Altera kompaniyasini 16,7 mlrd dollarga sotib olmoqda

Intel kompaniyasi protsessor va chiplar ishlab chiqaruvchi Altera kompaniyasini 16,7 mlrd dollarga sotib olmoqda, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Altera kompaniyasi Intel uchun jozibador aktiv hisoblanadi, chunki ushbu kompaniya smartfonlar, planshetlar va avtomobillar uchun protsessor va chiplar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Altera aksiyadorlari har bir aksiya uchun 54 dollardan olishadi, bu o‘tgan juma kunidagi savdolar yopilishi paytidagi 48,85 dollar narxdan 11 foiz ko‘proqni tashkil qilmoqda.

Altera kompaniyasi Intel ning bo‘linmasiga aylanadi, kompaniya direktorlari kengashi bitimni ma'qulladi. Endi bitimni Altera aksiyadorlari ma'qullashlari kerak bo‘ladi.

Bitimni 6-9 oy ichida yopish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Intel kompaniyasi Altera ni 15 mlrd dollarga sotib olishga yaqin turgani ma'lum qilingandi.

Top