22:48 / 02.06.2015
2893

Internet buyumlari bozori 2020 yilga kelib 1,7 trln dollarni tashkil qilishi aytilmoqda

IDC tadqiqot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, internetga ulangan “aqlli” uylar tizimi jahon bozori 2020 yilga qadar 2 barobarga oshib, 1,7 trln ni tashkil qilishi bashorat qilinmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Buyumlar internetining har yilgi o‘sishi 16,9 foizni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda. 2014 yilda Internet buyumlari bozori hajmi 655,8 mlrd dollarni tashkil qilgan edi.

Samsung tomonidan uylar tizimlarini boshqarish texnologiyasini ishlab chiqaruvchi SmartThings kompaniyasining 200 mln dollarga sotib olingani ham ushbu bozorning istiqbolli ekanidan darak beradi. Google kompaniyasi ham o‘z navbatida “aqlli” termostatlar va yong‘in signalizatsiyasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Nest Labs kompaniyasini 3,23 mlrd dollarga sotib olgan.

Top