07:22 / 02.06.2015
7669

"IShID" jangarilari iroqliklar bilan janglarda 2300ta Hummer mashinalarini tortib olishgan

Iroq armiyasi Mosulda "IShID" jangarilari bilan bo‘lib o‘tgan janglarda shaharni tashlab chiqish vaqtida u yerda 2 ming 300 dona zirhli Hummer mashinalarini qoldirib ketishga majbur bo‘lgan. Bu haqda Iroq bosh vaziri Xeydar al-Abadi ma'lum qilgan.

“Mosulni tashlab chiqishda yo‘qotilgan qurol va harbiy texnikalar sezilarli yo‘qotish bo‘ldi. Shaharda Hummer rusumidagi zirhli mashinalardan 2300tasi qolib ketdi”, - deya chiqish qiladi u Al Arabiya telekanalida.

Bunday harbiy texnikalar terrorchilar kuchiga kuch qo‘shishi aytilmoqda.

Bosh vazirning aytishicha, ushbu rusumdagi mashinalardan yana 1000 tasi AQSh tomonidan Iroqqa yetkazilishiga kelishilgan bo‘lib, bu boradagi shartnoma uchun Iroq tomonidan 580 mln dollar mablag‘ ajratilgan. Hozirgacha shartnoma bo‘yicha mashinalar keltirilmagan.

Top