17:53 / 02.06.2015
2235

Nigerdagi meningit epidemiyasi 500dan ortiq odamni hayotdan olib ketdi

545 kishi Niger davlatida tarqalgan meningit epidemiyasining qurboni bo‘ldi. Reuters agentligining xabar berishicha, umumiy hisobda ushbu kasallikka,  8 234 kishi yo‘liqqan.
Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining hisobotida aytilishicha, epidemiyaning avji o‘tib ketgan. O‘limlarning katta qismi vaksinalar yetkazilishining kechikishi bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
O‘limlarning eng katta qismi may oyining o‘rtalariga to‘g‘ri keldi. Oxirgi hafta mobaynida 8 kishi vafot etdi.

Top