18:53 / 02.06.2015
10389

Nilufar Usmonovaning yangi videoklipi Vevo telekanali orqali namoyish qilindi

Nilufar Usmonovaning “Dunyo” qo‘shig‘iga ishlangan videoklip taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Xonandaning muxlislari uni 31 maydan boshlab Vevo musiqiy internet-resurs orqali tomosha qilishi mumkin.

“Hamma qo‘shiqni men bilan birga kuylasin, men bilan birga yashasin va ertalab yangilanib, hayotga chanqoq bo‘lib uyg‘onsin va baxtga erishsin. “Dunyo” bu hamma his qiladigan, ammo ovoz chiqarib aytmaydigan hisdir”, – deydi xonanda o‘zining yangi qo‘shig‘i haqida.

Vevo Universal, Sony, Phil, Abu Dhabi, E1 ovoz yozish studiyalarining qo‘shma loyihasidir. vevo.com resursidan faqatgina bir nechta xorijiy davlatlarda foydalanish mumkin, ammo unda MDH artistlarining profillari ham bor. Nilufar Usmonova O‘zbekiston estradasining bu videokanalda o‘z shaxsiy sahifasiga ega birinchi namoyandalaridan biri bo‘ldi.

“Hech kim eshitmas hasratlardan charchadim... Ortimdan gap-so‘z, g‘iybatlardan charchadim... Haqiqati ko‘p tuhmatlardan charchadim... Natijasi yo‘q mehnatlardan charchadim...” Bu qo‘shiqdan iqtibos. To‘g‘ri, qalb nolasini hech kim eshitmaydi. Shaxsiy qalb qiynoqlari yaqinlardan ham yashiriladi, yaqinlar ularni eshitmaydi. Biz ko‘p narsani ichimizda saqlaymiz. Bu bizning shaxsiy kurashimizdir. Hayotda sabr-toqat va ishonch qanday o‘rin tutishini tushunish zarur. Qo‘shiqning “eshigi ochiq zindonlardan” degan so‘zlar bor. Eshiklari ochiq qamoq. Men o‘zim haqimda, qo‘shiqchi, ayol, rafiqa, ona, do‘st sifatida kuyladim. Bu qo‘shiqni tinglagan odamlar tushkunlikda qolishini istamas edim. Men shunchaki hayotda og‘ir kunlar bo‘lishini va sabr-toqat kerakligini aytmoqchi bo‘ldim. Qora tunlar yorug‘ kunlar bilan almashadi. Yaxshilab yig‘lasa, inson yengil tortadi”, – deydi xonanda o‘zining yangi qo‘shig‘i haqida.

Klipning premerasidan oldin 17-29 may kunlari Instagram’da (http://instagram.com/nilufarusmonova) tanlov o‘tkazildi. Unda 1 000 kishi ishtirok etdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra 31 may kuni Italiano Vero restoranida tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Nilufar Usmonovaning maxsus sovg‘alari tanlovning 20 ishtirokchisiga berildi. Turli viloyatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilardan tashqari, g‘oliblardan biri Malayziyadan uchib kelgani aytilmoqda.

Tadbir ishtirokchilaridan biri ko‘pdan buyon xonanda bilan uchrashmoqchi bo‘lib yurganini aytib, ko‘ziga yosh oldi.

Top