11:17 / 02.06.2015
3809

Qirg‘izistonda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olindi

29 may kuni Qirg‘iziston politsiyasi O‘sh shahrida Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan ikki ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda ichki ishlar vazirligi bayonotida xabar qilindi.
Aytilishicha, ayollar bir erkak tomonidan “yollangan”. Yollovchi ham qo‘lga olingan. Ta'kidlanishicha, u hali voyaga yetmagan Qorasuv fuqarosidir. Uning amakisi Diyorbek ayni paytda Suriyada istiqomat qilib kelmoqda. Aynan uning talaba bilan jiyani ayollarni Suriyaga yuborish bilan shug‘ullanib kelgan.

Top