16:46 / 02.06.2015
3412

Toshkent markazida BMW mashinasini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan olibqochar jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi fuqaro M. Viktor tungi soat uchlarda Shahriobod ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan fuqaro T. Munavvarga tegishli BMW avtomashinasini olib qochib ketishga harakat qilayotgan paytda militsiya tomonidan qo‘lga olindi.
“Postda” nashrining xabar berishicha, u mashinani endi olib qochishga hozirlanayoganda hududda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda uning qilmishiga tergov jarayonida oydinlik kiritilmoqda.

Top