16:34 / 02.06.2015
3263

Toshkentlik yo‘lto‘sarlar namanganlik mehmonning tilla zanjirini olib qo‘ydi

Namanganlik Ulug‘bek ismli erkak zarur yumush bilan Toshkent viloyatining Angren shahriga kelgan edi. Ishlarini bitirib, qaytishga chog‘lanib turganida uch nafar yigit unga tahdid qilib, pullarini va tilla zanjirini tortib oldi.
Ulug‘bek tuman IIBga murojaat qildi. “Postda” nashrida yozilishicha, jinoyatchilar angrenlik Shuhrat, Farrux va Avaz ismli yigitlar ekanligi aniqlanib, ular tezda qo‘lga olingan.

Top