06:45 / 02.06.2015
2589

Tulalik o‘quvchi elektr uzatish liniyasi tayanchida selfi olish paytida halok bo‘ldi

Rossiyaning Tula viloyatida 14 yoshli maktab o‘quvchisi yuqori voltli elektr uzatish liniyasi tayanchiga chiqib, mobil telefonda selfi tarzida suratga tushmoqchi bo‘lganda tok urishidan halok bo‘ldi.

O‘smirni balandda tok urishi natijasida u yerga qulab, halok bo‘lgan.

Avvalroq Ryazan viloyatida 9-sinf o‘quvchisi selfi tarzida suratga tushish paytida temiryo‘l ko‘prigidan pastga qulab, halok bo‘lgan. Moskvada 21 yoshli qiz to‘pponchani boshiga qo‘yib selfiga tushmoqchi bo‘lganda bexosdan o‘zining boshiga o‘q uzib yuborgan.

Top