12:59 / 03.06.2015
1697

3 iyun kuni Latviya parlamenti mamlakat prezidentini saylaydi

Latviya seymi (parlament) bugun mamlakat prezidentini saylaydi. Ushbu lavozimga hozirda 4 nafar nomzod mavjud bo‘lib, ulardan 2 nafari koalitsion partiya va qolgan 2 nafari muxolifat partiyalar vakillari hisoblanishadi.

Avvalroq xukmron koalitsiya partiyalari prezidentlik uchun bir nomzodni ilgari surishini ma'lum qilgan edi. “Yashillar” ittifoqi va mehnatkashlar mudofaa vaziri Raymonds Veyonis nomzodini ilgari surgan bo‘lib, ushbu tashabbusni “Birlik” ittifoqi ham qo‘llab-quvvatlagan.

“Barchasi Latviya uchun!” milliy birligi davlat rahbari lavozimiga Yevropa hamjamiyati sudi sudyasi Egils Levits nomzodini ko‘rsatgan.

Muxolifatdagi sotsial-demokratik partiya bo‘lmish “Kelishuv” partiyasidan deputat Sergey Dolgopolov nomzodi qo‘llab-quvvatlangan.

Yana bir muxolifat partiyasi Latviya hududlari birligi o‘z yetakchisi seym deputati Martinsh Bondars nomzodini prezidentlik uchun ilgari surmoqda.

Tahlilchilarning fikricha, saylovda asosan ikki nomzod Veyonis va Levits o‘rtasida kurash boradi.

Top