22:43 / 03.06.2015
2202

Angela Merkel Instagram da akkaunt ochdi

Germaniya kansleri Angela Merkel Instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining sahifasini ochdi.

Merkelning sahifasida uning bir qator siyosatchilar, xususan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan tushgan rasmlari joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, sahifada turli tadbirlarda olingan 40 dan ortiqroq surat chop etilgan.

Ayni paytda Merkelning sahifasiga 1,2 mingdan ko‘proq odam obuna bo‘ldi.

Top