13:37 / 03.06.2015
1889

Benites "Real" bosh murabbiyligiga tayinlangani rasman tasdiqlandi

"Napoli" jamoasining sobiq bosh murabbiyi hisoblanadigan ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites rasman "Real" bosh murabbiyi sifatida tasdiqlandi.

Madridliklar ushbu mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolashgan.

Benitesni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtirish marosimi bugun, 3 iyun kuni, Toshkent vaqti bilan 15:00 da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Biroz oldinroq, Benites "Real"da yiliga 4 million yevro maosh olishi xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, u "Real"da 1989-1994 yillar mobaynida ham turli yosh darajasidagi jamoalar murabbiyi va asosiy jamoa murabbiyi yordamchisi sifatida ishlagan.

Top