19:22 / 03.06.2015
5307

Bloomberg: Xitoy Obamani jiddiy qabul qilmayapti

Xitoy AQSh prezidenti Barak Obamani jiddiy qabul qilmayapti, va uning muddati tugamaguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgarmaydi. Bu fikrlarni Bloomberg View kolumnisti Josh Rojin o‘z maqolasida bildirib o‘tdi.
Maqola Vashingtonning Janubiy Xitoy dengizida XXR bilan to‘qnash kelishiga bag‘ishlangan. XXR Bruney, Malayziya, Tayvan, Vetnam va Filippin bilan hududiy bahslarga ega. Xitoy dengizda sun'iy orollar yarata boshlaganida esa bu davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashib ketdi.
AQSh ittifoqchi mamlakatlar tomonini olib, Xitoyning bu xatti-harakatlarini tanqid ostiga oldi; XXR o‘z navbatida Vashingtonni vaziyatni keskinlashtirishda aybladi.
Kolumnistning fikricha, Vashington XXRning javobi salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun mintaqada nozik qadamlar tashlashga harakat qilmoqda. Lekin Pekin buni zaiflik deb baholab, shartlarini ko‘paytirmoqda.

Top