12:26 / 03.06.2015
1811

Facebook grafik ko‘rinishdagi spam bilan kurashish uchun sun'iy intellekt laboratoriyasini ochdi

Facebook kompaniyasi taniqli fransiyalik mutaxassis Yan Lekun boshchiligidagi o‘zining sun'iy intellekt va mashinaviy o‘qitish sohasidagi ishlanmalarining uchinchi laboratoriyasini Fransiyada ochdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning sahifasida ma'lum qilindi.

Bu Mark Tsukerberg kompaniyasining deep learning (mashinaviy o‘qitish) algoritmlari bozorida o‘zining internetdagi asosiy raqibi Google bilan raqobatchilikda mavqeini mustahkamlashga imkon beradi. Google kompaniyasi hozirda Buyuk Britaniyadagi Oksford universiteti bilan sun'iy intellekt masalalarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.

Facebook texnik direktori Mayk Shrofer kompaniya Parijni sun'iy intellekt va kompyuter texnologiyalari sohasidagi iste'dodli mutaxassislarni jalb qilish markazi sifatida tanladi.

Yaqin kelajakda laboratoriyaning asosiy vazifasi tasvirlarni tanish algoritmini yaxshilashdan iborat bo‘ladi. Facebook foydalanuvchilari kuniga o‘zlarining lentalariga 350 mln tasvir yuklashadi, yuz milliardlab tasvirlar ularning sahifalarida va albomlarida saqlangan. Lekunning aytishicha, yangi algoritmlar grafik spamni va ehtimol zo‘ravonlik aks etgan videoni yo‘q qilishga imkon beradi.

Shuningdek, yangi algoritmlar ijtimoiy tarmoqning reklama imkoniyatlarini kengaytirish uchun ham yordam berishi aytilmoqda. Kompaniyaning reklamadan oladigan daromadlari joriy yilning 1-choragida 42 foizga, ya'ni 3,5 mlrd dollargacha ko‘tarilgan va shu bois reklamaning samaradorligini oshirish kompaniyaning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Top