07:14 / 03.06.2015
1972

Google yegulik fotosuratidan kaloriyalarni hisoblash ustida ish olib bormoqda

Google kompaniyasi muhandisi Kevin Merfi Bostonda bo‘lib o‘tgan Rework Depp Learning anjumanida kompaniya biror yegulik fotosuratini tahlil qilib, undagi mavjud kaloriyalarni hisoblovchi texnologiya ustida ish olib borayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Popular Science jurnali xabar bermoqda.

Hisoblash algoritmlari Im2Calories nomini oldi. Bu algoritmlarga ko‘ra tizim likopchadagi yeguliklarni (masalan, ikkita tuxum, ikkita blinchik va 3 bo‘lak bekon) tahlil qilib, porsiyalarni taqqoslab, ulardagi kaloriyalarni hisoblab chiqadi. Yegulikni tahlil qilishda suratning sifati uncha ahamiyat o‘ynamaydi, Instagram'dagi sifat yetarli bo‘ladi.

Ayni paytda tizim uncha to‘g‘ri ishlamayapti va foydalanuvchilar likopchadagi yeguliklarni skanerlash natijalariga o‘zlari tuzatish kiritish imkoniyatiga egalar. Ushbu texnologiyaning bozorga chiqarilishi haqida hech qanday ma'lumot berilmadi.

Top