11:15 / 03.06.2015
2906

Internet, SMS, GPRS, smart va mobil telefonlar uchun "E-MARKET" dasturi ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi xodimi Mirzayev Saydiaziz Saidkarimovich tomonidan internet, SMS, GPRS, smart va mobil telefonlar uchun "E-MARKET" dasturi ishlab chiqildi

U aholiga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish maqsadida real vaqt rejimida har xil turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati bilan elektron tijorat ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan. 

"E-MARKET"dan axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar sohasida foydalaniladi. Dastur SMS-xabar jo‘natib, internet tarmog‘i, SMS, GPRS, smart va mobil telefonlar orqali har xil turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Muallifga mazkur dastur uchun № DGU 03030 raqamli guvohnoma berildi.

Top