13:26 / 03.06.2015
1695

Luiziana shtati gubernatori 24 iyunda AQSh prezidentligi uchun kurashishini ma'lum qiladi

AQShning Luiziana shtati gubernatori Bobbi Jindal 24 iyunda mamlakat prezidentligi uchun kurashishini e'lon qiladi. Bu haqda NBC telekanali xabar bermoqda.

Gubernator o‘z nomzodini Respublikachilar partiyasidan ilgari surishi aytilmoqda. Jindal Hindistondan kelgan muhojirlar oilasida tug‘ilgan bo‘lib, konservativ g‘oyalar tarafdori hisoblanadi. U shuningdek, qurol olib yurilishini cheklashga qarshi.

May oyida gubernator prezident saylovida ishtirok etishi bo‘yicha qo‘mita tashkil etgan edi. 

Top