11:26 / 03.06.2015
1719

"Manchester Siti" Iskoni xarid qilmoqchi

“Real” jamoasi yarim himoyachisi Isko “Manchester Siti” klubi rahbariyatining qiziqishlari doirasiga kirgan. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.

Ma'lumotga ko‘ra, ingliz klubi yozgi transferlar vaqtida 23 yoshli ispaniyalik futbolchini xarid qilib, jamoa o‘yinini unga bog‘liq holda tashkil qilishni rejalashtirgan.

Xabar qilinishicha, Isko uchun tovon puli 150 million yevroni tashkil qilsada, “Real” uni 45 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkin.

Ma'lumot uchnu, yakunlangan mavsumda Isko La Liganing 34ta o‘yinida ishtirok etib, 4ta gol hamda 9ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Top