19:47 / 03.06.2015
2786

Qosimov Eron hamda KXDR bilan o‘yinlarga chaqirilgan futbolchilarni ma'lum qildi

Joriy yilning iyun oyidan Jahon Chempionati-2018 saralashining ikkinchi bosqichi start oladi. O‘zbekiston  terma jamoasi o‘zining saralash bosqichidagi dastlabki uchrashuvini 16 iyunda o‘tkazadi. Shu kuni Mirjalol Qosimov shogirdlari Pxenyanda KXDR terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Oldinda turgan o‘yinlarga O‘zbekiston milliy terma jamoasi 8 iyundan boshlab tayyorgarlik ko‘radi. 11 iyun kuni «Bunyodkor» stadionida jamoa Eron termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Toshkentdagi yig‘in 14 iyungacha davom etadi va so‘ng jamoa Pxenyanga uchib ketadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi ushbu yig‘in va oldindagi ikki o‘yinda ishtirok  etadigan futbolchilar ro‘yxatini ma'lum qildi.

Futbolchilar

Tug‘ilgan yili

Klubi

Darvozabonlar

1

Eldor Suyunov

1991

Nasaf

2

Akbar To‘rayev

1989

Bunyodkor

3

Ignatiy Nesterov

1983

Lokomotiv

Himoyachilar

4

Anzur Ismoilov

1985

Chanchun Yatay, Xitoy

5

Shavkat Mullajonov

1986

Lokomotiv

6

Shuxrat Muhammadiyev

1989

Nasaf

7

Yegor Krimets

1992

Paxtakor

8

Islom To‘xtaxo‘jayev

1989

Lokomotiv

9

Vitaliy Denisov

1987

Lokomotiv, Rossiya

10

Akmal Shoraxmedov

1986

Bunyodkor

11

Farrux Sayfiyev

1991

Nasaf

Yarim himoyachilar

12

Aziz Haydarov

1985

Ash-Shabab, BAA

13

Odil Ahmedov

1987

Krasnodar, Rossiya

14

Server Jyeparov

1983

Ulsan Xyonday Janubiy Koreya

15

Lutfulla To‘rayev

1988

Lokomotiv

16

Sanjar Tursunov

1987

Vorskla, Ukraina

17

Sardor Rashidov

1991

Bunyodkor

18

Shohrux Gadoyev

1991

Nasaf

19

Ikrom Aliboyev

1994

Lokomotiv

20

Jasur Xasanov

1983

Lokomotiv

21

Fozil Musayev

1989

Sepaxon, Eran

Hujumchilar

22

Zoxir Qo‘ziboyev

1986

Mash'al

23

Bahodir Nasimov

1987

Padideh, Eron

22

Igor Sergeyev

1993

Paxtakor

 
Top