20:33 / 03.06.2015
3250

Toshkent hayvonot bog‘idagi jonzotlar o‘zidan ko‘paymoqda

Toshkent hayvonot bog‘ida oqbosh qumoy (qush turi) oilasida dunyoga kelgan ikkita palopon ancha o‘zini tiklab olib, uyasidan boshini chiqargancha atrofga qiziqish bilan boqishni boshladi. Shuningdek, ukki, oq va qora laylaklar, muqaddas ibis, mandarinka, g‘ozlar, baklan, chaykalar ham bolaladi. Afrika strausi erkagi urg‘ochi strauslar bilan birga galma-galdan tuxumlarni bosmoqda.

Tuyoqlilar orasida yoldor qo‘ylar, jayronlar, lamalar o‘z bolalarini parvarishlash bilan band bo‘lgan bir paytda lanlar (kiyik turi) va olachipor kiyiklar ham zurriyot ko‘rish arafasida turibdi.

Top