06:53 / 03.06.2015
2350

Uorren Baffet bilan tushlik qilish huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘tkazilgan auksionda bir kundan kamroq vaqt ichida 1 mln dollar to‘plandi

Glide jamg‘armasi tomonidan AQShlik milliarder Uorren Baffet bilan tushlik qilish huquqini qo‘lga kiritish uchun 16-marotaba o‘tkazilayotgan auksion bir kundan kamroq vaqt ichida 1 mln dollarga yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda Moneycontrol.com portali. 

“Biz juda xursandmiz. Albatta, stavkani 1 mln dollardan ko‘proqqa ko‘tarishni istagan edik, biroq bunchalik tez pul to‘planishi biz uchun syurpriz bo‘ldi”, deb aytmoqda Glide jamg‘armasi asoschisi Sesil Uilliams. 

Bu yili auksion g‘olibi Manxettandagi Smith & Wollensky restoraniga o‘zining 7 nafar do‘stini taklif qilishi mumkin.

Avvalgi 15ta auksiondan yig‘ilgan umumiy mablag‘ 17,8 mln dollarni tashkil qiladi. Jumladan, 2012 yilda noma'lum shaxs tomonidan rekord darajadagi 3,456789 mln dollar taklif qilingan edi.

O‘tgan yili auksion g‘olibi singapurlik Endi Chua bo‘lgan edi, u Baffet bilan tushlik qilish uchun 2,166766 mln dollardan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan.

Kambag‘allar va boshpanasizlarga yordam berish uchun mablag‘lar yig‘iladigan Glide xayriya auksioni 31 maydan 5 iyungacha eBay onlayn-auksionida bo‘lib o‘tadi.

Top