15:02 / 04.06.2015
3213

«Bunyodkor»ning sobiq bosh murabbiyi FIFA prezidenti bo‘lmoqchi

2011-2012 yillar mavsumi vaqtida Toshkentning "Bunyodkor" klubida ishlagan braziliyalik mutaxassis FIFA prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etishini ma'lum qilgan.

«Men o‘z kuchimni his etyapman. Menda tajriba bor, butun dunyodagi odamlar meni yaxshi bilishadi. Shu bois bu men uchun imkoniyat», – deydi Ziko.

Zikoning so‘nggi ish joyi «Goa» jamoasi bo‘lgan edi.

FIFA prezidentligiga saylov bo‘yicha komissiya vakili Domeniko Skalaning aytishicha, yangi prezidentni saylash maqsadidagi navbatdan tashqari kongress 2015 yilning dekabridan 2016 yilnig martigacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. Ungacha esa tashkilotni amaldagi prezident Yozef Blatterning o‘zi boshqarishda davom etadi. Hozircha bu o‘ringa asosiy da'vogar sifatida UYeFA prezidenti Mishel Platini va tashkilot vitse-prezidenti Ali ibn Al-Husayn nomzodlari qaralmoqda.

Top