22:15 / 04.06.2015
3344

Gollivud yulduzi Ikkinchi jahon urushi haqidagi filmda suratga tushmoqda

Gollivud yulduzi Bryus Uillis Xitoy kino ustalari tomonidan suratga olinayotgan Ikkinchi jahon urushi haqidagi “Bombardimon qilish” filmida suratga tushmoqda. Bu haqda The Hollywood Reporter nashri xabar bermoqda.

Tszyao Fenga rejissyorligida suratga olinayotgan hamda 56 mln dollar byudjyetga ega film asosida Yaponiya tomonidan Xitoyning janubi-g‘arbida joylashgan Chuntsin shahrining bombardirovka qilinishi haqidagi real voqealar yotadi.

Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 70 yilligiga bag‘ishlangan ushbu film keyingi yilning boshidan namoyish qilinishi boshlanadi. Rejissyorning aytishicha, hozirda suratga olish ishlari olib borilmoqda va Uillis filmning asosiy sahnalarida ishtirok etishni boshladi.

Top