16:42 / 04.06.2015
2219

Hindistonda samolyot ko‘chirishga mo‘ljallangan yurakni olib ketish uchun favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Air India avikompaniyasiga tegishli samolyot ko‘chirib o‘tkazishga mo‘ljallangan yurakni olib ketish uchun Maduray shahrida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Yurak avtohalokat qurboni bo‘lgan 29 yoshli erkakka tegishli edi. Uning oilasi yurakni, ko‘zlarni, buyrak va jigarni ko‘chirib o‘tkazishda ishlatishga ruxsat berdi.
Yurak aeroportga tez yordam mashinasida yetkazildi. Shundan so‘ng samolyot uni olib, Chennayga yetkazdi. U yerda, o‘z navbatida, yurak 48 yoshli erkakka ko‘chirib o‘tkazildi.

Top