09:21 / 04.06.2015
3069

Isroil G‘azo sektoriga aviazarbalar berdi

Isroil Harbiy-havo kuchlari G‘azo sektori hududidagi jangarilar infratuzilmalariga aviazarbalar berdi, deb xabar bermoqda Haaretz nashri.

Guvohlarning qayd etishicha, zarbalar oqibatida binolarga shikast yetgan, biroq jabrlanganlar yo‘q.

Avvalroq G‘azo sektoridan Isroil tomon uchta raketa uchirilgani ma'lum qilingandi.

Isroil hududining o‘qqa tutilishiga javobgarlikni “Umar brigadasi” deb nomlangan salafiychilar radikal guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Biroq Isroil Mudofaa vazirligi hujumlar uchun javobgarlikni XAMAS shialar guruhiga zimmasiga yuklamoqda.

Top