13:19 / 04.06.2015
1809

MAGATE Samarqandda kengash o‘tkazmoqda

Samarqandda “Tadqiqot reaktorlari yadroviy yoqilg‘isini olish dasturidan chiqarilgan xulosalar” mavzuidagi 9-xalqaro kengash o‘tkazilmoqda. Tadbir tashkilotchilari Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi yadroviy fizika institutidir.
Tadbirga tajriba almashish maqsadida MAGATEga a'zo mamlakatlardan (AQSh, XXR, Germaniya, Polsha, Chexiya, Gana, Vetnam, MDH davlatlari) yuzdan ortiq vakil tashrif buyurdi. O‘zbekistondan tadbirda institut xodimlari, “O‘zeltexsanoat” uyushmasining “Foton” aksiyadorlik jamiyati, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va SamDU vakillari ishtirok etdi.
“Pravda Vostoka” gazetasida yozilishicha, kengash yadroviy, radiatsion va ekologik xavfsizlik masalalarining muhokamasiga bag‘ishlanadi.

Top