17:49 / 04.06.2015
2539

NATO bosh kotibi Rossiya alyansga tahdid solmayotganini aytdi

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya tomonidan alyansga hech qanday tahdid yo‘qligiga ishonch bildirdi.
“Biz himoyasizlik, xavotir va kutilmagan vaziyatlarga guvoh bo‘lmoqdamiz. Lekin biz ayni paytda sharqdan NATOga a'zo birorta davlatga sezilarli xavf solinayotganini ko‘rmayapmiz”, – ta'kidlab o‘tdi Stoltenberg Norvegiyaning NRK radiosiga bergan intervyusida.
Ilgari Norvegiya hukumatiga boshchilik qilgan alyans rahbari tez orada Rossiya va NATO o‘rtasidagi munosabat iliqlashishiga umid bildirdi.

Top