17:43 / 04.06.2015
3339

Putin: ShHTning o‘rni oshib bormoqda

Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqada tutgan o‘rni tobora kuchayib bormoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bayonot berdi.
“Biz ikkita loyihani uyg‘unlashtirish borasida faol ishlamoqdamiz. Bularning birinchisi Ipak yo‘li iqtisodiy zonasi va Yevropa iqtisodiy hamkorligi doirasidagi hamkorlik yo‘llari. Bizning faoliyatimizga ko‘plab boshqa davlatlar qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda Hindiston va Pokistonning murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda. Tashkilotimizning o‘rni va maveqi kun sayin oshib bormoqda”, – deb ta'kidladi u ShHTga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi vakillari bilan Kremlda tashkil etilgan uchrashuv doirasida.
9-10 iyul kunlari Ufada tashkilotga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi.

Top