13:10 / 04.06.2015
1908

Qirg‘iziston turizmdan kutilganidan 10 barobar kam soliq olmoqda

Turizm sohasidan Qirg‘iziston byudjyetiga keladigan daromad kutilgan hajmdan 10 barobar kamdir. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Temir Sariyev yozgi turistik mavsumga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisda aytib o‘tdi.
“Turizm mamlakat yalpi ichki mahsulotining 3-4 foizini beradi. Barcha sohalardan yiliga to‘planadigan soliq miqdori 100 mlrd somga teng. Ya'ni turizm sohasidan 3 mlrd som soliq olishimiz kerak. Ammo o‘tgan yili, masalan, bor-yo‘g‘i 350 mln som oldik, bu esa kutilganidan 10 marta kamdir”, – ta'kidladi Sariyev.
Ta'kidlanishicha, Issiqko‘ldagi yirik mehmonxonaning yillik tushumi 3 mln somni tashkil qiladi.

Top