13:05 / 04.06.2015
1597

Qirg‘izistonda ov ruxsatnomalari berish vaqtinchalik to‘xtatildi

Qirg‘iziston davlat atrof muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi agentligi ov ruxsatnomalari berishni vaqtinchalik to‘xtatdi. Aytilishicha, bunga huquqiy muammo sabab bo‘lgan.
Qirg‘iziston telegraf agentligining agentlik vakiliga tayangan holda ma'lumot keltirishicha, ov ruxsatnomalarini berish hukumat qarori bilan tartibga solib turilgan, lekin ayni paytda ushbu qaror kuchini yo‘qotgan. Yangi huquqiy baza yaratilgandan keyingina ruxsatnomalar berilishi boshlanadi.
Ta'kidlanishicha, yangi hujjat ishlab chiqilish bosqichida.

Top