18:57 / 04.06.2015
7625

Saudiya Arabistoni qiroli Ka'batullohni tozalash ishlarida ishtirok etdi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ka'bada o‘tkazilgan tozalash ishlarida ishtirok etdi va ibodatxona devorlarini yuvdi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali ma'lum qilgan.

Har yili Ramazon oyi kirishi arafasida o‘tkaziladigan bu marosimda qiroldan tashqari valiahd shahzoda Muhammad ibn Naif, Makka shahri gubernatori Xolid Al Feysal va boshqa yuqori martabali kishilar ham hozir bo‘lishgan.

Marosim vaqtida Salmon ibn Abdulaziz Ka'ba ichida ibodat qilgan. U shuningdek, Al-Haram masjidini kengaytirish zarurligi haqida gapirib o‘tgan.

 

Top