18:29 / 04.06.2015
2566

Saudiya Arabistonida masjid portlatishda ayblanayotgan shaxslar uchun pul mukofotlari e'lon qilindi

Saudiya Arabistoni rasmiylari politsiya patruliga hujum qilishda va ikkita masjidda qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirishda gumon qilinayotgan 16 nafar shaxs uchun pul mukofotlari e'lon qildi. Bu haqda Gulfnews.com resursi xabar qilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi vakili Mansur at-Turkiyning ta'kidlab o‘tishicha, bu shaxslar haqida axborot taqdim etganlarga 1 mln riyol mukofot beriladi. Agarda taxminiy guvoh birdan ortiq jinoyatchini qo‘lga olishga yordam bersa, 5 mln riyol, qo‘poruvchilik harakatining oldini olishga ko‘maklashgan taqdirda esa 7 mln riyol mukofot oladi.
Bundan tashqari, at-Turkiy gumondorlar bilan aloqada bo‘lgan, ularga yordam bergan har qanday odamlar jinoiy javobgarlikka tortilishini aytib o‘tdi.

Top