09:54 / 04.06.2015
1899

Tomas Tuxel "Borussiya" Dortmund bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi

Tomas Tuxel "Borussiya" Dortmundning yangi bosh murabbiyi sifatida keng ommaga tanishtirildi. U ushbu jamoada uzoq yillar faoliyat yuritgan Yurgen Kloppning o‘rnini egalladi. 

"Borussiya" bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirilganimdan juda xursandman. Sababi men hamma vaqt top-klublarni boshqarishni orzu qilganman.

"Borussiya" har doim Germaniyaning eng yetakchi jamoasi bo‘lib kelgan, ammo boshqa jamoalar ham bizga jiddiy qarshilik ko‘rsatishadi. Hammasi mehnatsevar, dovyurak va qat'iyatli bo‘lishimizga bog‘liq", deydi Tuxel.

Top