13:17 / 04.06.2015
1721

Toshkentda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Koreya-O‘zbekiston simpoziumi bo‘lib o‘tadi

2015 yilning 5 iyun kuni Koreya Xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentligi (KOICA) O‘zbekistondagi idorasining ochilishiga 20 yil to‘lishini nishonlaydi.
Shu munosabat bilan tashkilot tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Koreya-O‘zbekiston simpoziumini o‘tkazadi. Tadbir O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining kelajakdagi strategiyasini muhokama qilishga bag‘ishlanadi.
Simpoziumda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov, Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Li Uk Xen, KOICA prezidenti o‘rinbosari Chve Song Xo, mehnat va aholini ijtimoiy muhokaza qilish vaziri Aziz Abduhakimov, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining o‘rinbosari Shavkat To‘laganov va boshqa oliy martabali shaxslar ishtirok etadi.

Top