06:42 / 05.06.2015
7401

AQSh Harbiy-havo kuchlari jangarining selfi uslubidagi surati evaziga "IShID" bazasini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi

AQSh Harbiy-havo kuchlari ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan, jangarilardan birining selfi uslubidagi surati evaziga "IShID" bazasini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda AQSh generali Gerbert Karlaylga iqtibos keltirgan holda DefenceTech portali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, jangarining "IShID" guruhi qarorgohi oldida tushgan surati jihodchilarning bloglari monitoring qilinganda topib olingan.

“Xodimlarimiz ijtimoiy tarmoqlarni tekshirayotganda ochiq forumda o‘z qarorgohlarining imkoniyatlari bilan maqtangan jangarilar guruhidagi bir tentakka ko‘zlari tushib qoldi”, deb ta'kidlab o‘tdi Karlayl.

Harbiylarga bu bazani topish va uni yo‘q qilish uchun bir kundan kamroq vaqt talab etilganligi aytilmoqda.

Top