10:50 / 05.06.2015
2555

Beyl "Real" rahbariyatiga o‘ng qanotda o‘ynamoqchi emasligini aytdi

«Real»ning uelslik yarim himoyachisi Garet Beyl klub rahbariyatiga hujumning o‘ng qanotida o‘ynash niyati yo‘qligini bildirdi. Garetning aytishicha, o‘ng qanotdan o‘ynash orqali u jabr chekmoqda.

Shu bilan birgalikda Krishtianu Ronaldu hujumning markazida o‘ynamoqchi emas. U chap qanotda va erkin futbolchi sifatida harakat qilmoqchiligini bildirgan.

Avvalroq, «Real» jamoasining yangi bosh murabbiyi Rafael Benites Krishtianu Ronalduni hujumning markaziga qo‘yib, Beylni chap qanotga o‘tkazmoqchi ekani haqida ma'lumot tarqatilgandi.

Top